Niderlandiyalik muxlislar onasi vafot etgan futbolchiga YNWA qo‘shig‘ini kuylash orqali hamdardlik bildirishdi
Niderlandiya chempionatining 2-divizioni ishtirokchisi «Gou Exed Igls» jamoasining 38-turda «NAK Breda»ga qarshi (4:1) uchrashuvi vaqtida muxlislar «You’ll Never Walk Alone» qo‘shig‘ini kuylashgan. Bu orqali ular mahalliy jamoa darvozaboni Yyelle ten Ruvelarga onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardliklarini izhor qilishgan.
Ruvelarlar oilasidagi fojia uchrashuv davomida sodir bo‘lgan. Futbolchining onasi 61 yoshida olamni tark etgan. «Gou Exed Igls» muxlislari o‘yinning 61-daqiqasida futbolchini qo‘llab-quvvatlab mashhur «Sen hech qachon yolg‘iz qolmaysan» qo‘shig‘ini kuylashgan.
Yyelle ten Ruvelar Niderlandiya chempionatida bir jamoa safida o‘tkazilgan o‘yinlar bo‘yicha rekordchi hisoblanadi (280 o‘yin). 35 yoshli darvozabon «NAK Breda»ga qarshi uchrashuvlarda 2008 yilning 31 avgustidan buyon gol o‘tkazmagandi.
Mavzuga oid
12:10 / 20.09.2024
Germaniyadagi qator portlashlarda Niderlandiya narkomafiyasi gumon qilinmoqda
00:50 / 19.09.2024
Niderlandiya YeIning migratsiya qoidalaridan «voz kechadi»
13:45 / 15.09.2024
«Uchar gollandlar»ga qarshi kechgan «otishma»dan eksklyuziv fotojamlanma
14:10 / 10.09.2024