Vengriya qiruvchi samolyotlari Boeing samolyoti bilan aloqa uzilgani tufayli havoga ko‘tarildi
Vengriya Harbiy havo kuchlari tarkibidagi qiruvchi samolyotlar trevoga bo‘yicha havoga ko‘tarilgan. RIA Novosti xabarida aytilishicha, trevogaga aviadispetcherlarning Boeing yo‘lovchi samolyoti bilan aloqani yo‘qotishgani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, havo xavfsizligi protokoliga ko‘ra, samolyot uchuvchilari davlatlar o‘rtasidagi havo chegaralarini kesib o‘tayotganida har bir davlatning dispetcherlari bilan aloqada bo‘lishi kerak.
British Airways yo‘lovchi samolyoti BAAdan Buyuk Britaniyaga reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Bu samolyot ekipaji bilan aloqa o‘rnatilmagach, hukumat bu samolyot bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun 2ta qiruvchi samolyotni havoga ko‘targan.
Ko‘p o‘tmasdan samolyot bilan aloqa bog‘langan va qiruvchi samolyotlar ortga qaytgan.
Mavzuga oid
13:40 / 19.09.2024
Vengriya YeIning migratsiya qoidalaridan voz kechmoqchi
20:49 / 14.09.2024
AQSh Ruminiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishni ma’qulladi
22:31 / 12.09.2024
Vengriya Yevrokomissiyaga qarshi da’vo arizasini kiritishi mumkin
08:50 / 11.09.2024