OChL. "Lokomotiv" "An-Nasr" bilan durang o‘ynab tarixida ilk marta guruhdan chiqdi
Bugun, 4 may kuni Osiyo chempionlar ligasining 6-turida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi BAAning "Al Nasr" klubini qabul qildi.
O‘yinda hisob ochilmadi. Bu durang natija har ikki jamoaning guruhdan chiqishini ta'minlar edi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida "Al-Ittihod" "Sepahon"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi ammo ikkala jamoa ham guruhda qolib ketdi.
Shu tariqa, "temiryo‘lchilar" guruhda 1-o‘rinni egallab, pley-offga yo‘llanma oldi.
Nimchorak finalda "Lokomotiv" Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga qarshi o‘ynashi oydinlashdi.
OChL, "A" guruhi, 6-tur
"Lokokmotiv" - "An-Nasr" 0:0
"Lokomotiv" - Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Server Jyeparov, Temurxo‘ja Abduxoliqov ( Marat Bikmayev, 66), Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Temur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov, Ikrom Aliboyev ( Sadriddin Abdullayev, 75), Oleg Zoteyev ( Sherzod Fayziyev, 62).
"An-Nasr": 12.Ahmad Shambih, 4.Xolid Jalol, 6.Mahmud Xamis, 7.Nilmar, 8.Jires Kembo Ekoko, 10.Luis Ximenes (S), 11.Xonatan Pitroypa, 16.Amir Muborak, 18.Ahmad Al-Yassiy, 20.Masud Sulaymon, 23.Esam bin Salmin.
Mavzuga oid
15:00 / 16.08.2024
Elit OChLga qur’a tashlandi - «Paxtakor» guruhda Saudiya klublari bilan o‘ynamaydi
12:42 / 16.08.2024
OChL-2 turniriga qur’a tashlandi - «Nasaf» BAA, Iordaniya va Kuvayt klublari bilan bir guruhda
09:01 / 12.03.2024
OChL. «Al Ayn» YeChL darajasida o‘tgan dramatik o‘yinda «An Nasr»ni turnirdan chiqarib yubordi
23:12 / 21.02.2024