Jahon | 15:55 / 06.05.2016
9499
1 daqiqa o‘qiladi

IShID haqidagi 1000dan ortiq fatvolar ingliz, fransuz va nemis tillariga tarjima qilindi

Al-Azhar universiteti qoshidagi fatvo markazi mutaxassislari 1000 dan ortiq fatvolarni ingliz, fransuz va nemis tillariga tarjima qilishdi. 

Mazkur fatvolarning aksariyati ekstremizm va terrorizim, xususan, IShIDga aloqador. Fatvolar dunyoda faoliyat yuritayotgan 12 000 dan ziyod Islom bilim yurtlari hamda Islom markazlariga yuborildi. 

Universitet ushbu fatvolarni yetkazish va ijrosi bo‘yicha Ovrupa parlamenti bilan kelishib oldi. Parlament o‘z navbatida, universitet mutaxassislarining Ovrupa imom-xatiblariga Islom dinining asl dushmanlariga qarata chiqarilgan fatvolar haqida tushuntirishlar olib borishlari va shu mavzuda seminarlar o‘tkazishlarini so‘radi. 

Shuni aytish joizki, “Al-Azhar” universiteti fatvolarida Islom prinsiplari va shariat ahkomlariga zid ish tutayotgan IShID faoliyati to‘g‘risida keskin munosabat bildirilgan.

 Azizxon HAKIMOV / Muslim.uz

Mavzuga oid