«Tottenhem» futbolchisi «Chelsi»ga qarshi o‘yindagi harakati uchun 6 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
«Tottenhem» jamoasi yarim himoyachisi Mussa Dembele 6ta o‘yinga diskvalifitsiya qilingan. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) rasmiy saytida xabar berilgan.
Belgiyalik futbolchi FA tomonidan APLning 36-turi doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan o‘yin vaqtida raqib futbolchisi Diyego Kostaga nisbatan ishlatgan agressiv harakati uchun jazolangan.
O‘sha o‘yinning birinchi bo‘limi oxirida ikki futbolchi o‘rtasida tushunmovchilik kelib chiqqan, Dembele Kostaning yuziga chang solib, uning ko‘ziga barmog‘ini tiqib olmoqchi bo‘lgandi. O‘yin bosh hakami Mark Klattenburg bu vaziyatdan uzoqda bo‘lgan va vaziyatni payqamay qolgandi. Keyinroq FA videoyozuvlar asosida Dembele ayblov qo‘ygandi. Avvaliga unga 10 o‘yinga chetlatilish xavfi tahdid solmoqda edi.
Endilikda, Dembele joriy mavsumdagi «Sauthempton» va «Nyukasl»ga qarshi bahslarni, shuningdek, APLning keyingi mavsumidagi dastlabki 4ta turni o‘tkazib yuboradi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi «Chelsi» va «Tottenhem»ga ayblov e'lon qildi