Jahon | 10:07 / 08.05.2016
12663
1 daqiqa o‘qiladi
Kim Chen In: Yaponiya Koreyani mustamlaka qilganini anglab, pushaymon bo‘lishi kerak
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining 7-qurultoyida Yaponiya o‘zining mustamlakachilik o‘tmishini anglab, bu uchun pushaymon bo‘lishi kerak, deb aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Yaponiya o‘z qilmishini anglab, pushaymon bo‘lishi kerak", - deb aytdi Shimoliy Koreya yetakchisi va Yaponiya ikki Koreyaning birlashishi masalasiga aralashmasligi kerakligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Kim Chen In Koreyaning birlashishi ustida ishlash lozimligini ta'kidlab o‘tdi.