Jamiyat | 11:04 / 09.05.2016
5726
1 daqiqa o‘qiladi
BMT ofisiga kirib olgan shaxs daryoga sakrab qochib ketdi
BMTning Nyu-York shahridagi bosh ofisiga kirib olgan noma'lum shaxs ta'qib vaqtida o‘zini daryoga tashlagan va yashiringan. Bu haqda NBC News xabar tarqatgan.
Nyu-York politsiyasi serjanti Li Jonsning ma'lum qilishicha, noma'lum shaxs politsiyachilarga tutqich bermasdan o‘zini daryoga tashlab qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Uning qayd etishicha, daryo atrofida tekshiruvlar o‘tkazilgan ammo qochqinni topishning iloji bo‘lmagan.
Politsiya vakilining ma'lumotiga ko‘ra, hudud bo‘ylab tekshiruv va qidiruv ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:00 / 09.10.2024
Botqoqlikdan turistik maskanga aylantirilgan daryo. Pekin buni qanday uddaladi?
07:29 / 13.06.2024
Toshkent viloyatida cho‘milishga borib, daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan bola qutqarildi
07:33 / 10.06.2024
Toshkent viloyatida yuk mashinasi daryoga tushib ketdi
15:20 / 29.04.2024