Gitlerning tiz cho‘kkan holidagi mumdan yasalgan haykali 17,2 mln dollarga sotildi
Christie's kimoshdi savdo uyida italiyalik rassom hamda haykaltarosh Mauritsio Kattelan tomonidan ishlangan tiz cho‘kkan Gitlerning mumdan yasalgan haykali 17,2 mln dollarga baholangan.
Haykaltarosh 101 sm balandlikdagi "U" deb nomlangan bu asarini mum va smoladan 15 yil ilgari yaratgandi.
Ayni vaqtda AQShda yashab ijod qiladigan Mauritsio Kattelanning aytishicha, u o‘z vaqtida bu asarini buzib tashlamoqchi bo‘lgandi. Uning aytishicha, "U" o‘zida yovuzlikni mujassam etgan.
Bu asar endilikda Kattelanning eng qimmatbaho asariga aylandi. Uning bundan avvalgi eng qimmat narxda sotilgan asari uchun 7,9 mln dollar to‘lashgandi.
"Gitler - faqat qo‘rquv uyg‘otadi. Bu qattiq iztirob timsoli. Uning ismini tilga olish ham og‘ir. Uning ismi boshimga o‘rnashib olgan. Men taqiqlasam ham u mening boshimda yashaydi", deydi rassom.
Bir necha yillar avval, mazkur haykal yahudiylar gettosi shakllangan Varshavadagi zamonaviy san'at markaziga qo‘yilgan edi. Ekspozitsiya minglab insonlar halok bo‘lgan yerda hukumat tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgani uchun katta noroziliklar va tanqidlarga uchragan edi.
Kattelanning haykalchalari Polshadagi mojarolarga birinchi marta sababchi bo‘layotgani yo‘q. Xuddi shunga o‘xshash voqea 2000 yilda «9 soat» haykali ko‘rgazmaga qo‘yilganida polshaliklarning g‘azablanishiga sababchi bo‘lgan edi. Unda Rim papasining meteorit tomonidan ezilgani tasvirlangan.
Mavzuga oid
21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
22:04 / 27.08.2024
Hindiston milliy qahramonining 10 metrli haykali qulab tushdi
09:36 / 10.05.2024
Nurafshonda Zulfiya Zokirova xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
18:22 / 19.01.2023