O‘zbekiston | 18:40 / 10.05.2016
34323
1 daqiqa o‘qiladi
14 may kuni O‘zbekiston bo‘ylab qattiq shamol bo‘lishi kutilmoqda
14 may kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuchli shamol kuzatiladi. Gidrometeorologiya markazi saytida ma'lum qilinishicha, shu kuni shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayadi.
Shu kuni shuningdek sinoptiklar qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar va momoqaldiroq bo‘lishini prognoz qilishgan. Havo harorati kunduzi 25-30 daraja iliqni tashkil etishi kutilmoqda.
9 mayga o‘tar kechasi respublikaning barcha hududlarida kuchli shamol kuzatildi. Natijada ko‘plab daraxtlar yiqilib, avtomobillar to‘xtash joyi va yo‘lning qatnov qismiga qulab tushdi. Shuningdek, ba'zi uylarning tomida va darvozalarida buzilish yuz berdi. Toshkent hamda boshqa shaharlarda elektr energiyasi o‘chishi qayd etildi.
Mavzuga oid
11:46
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024