Jahon | 10:34 / 10.05.2016
6308
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda ofshorlarga doir "Panama hujjatlari"ning ma'lumotlar bazasi oshkor qilindi

Vashingtonda joylashgan jurnalistlik tadqiqotlarining xalqaro konsorsiumi (ICIJ) ofshorlarga doir "Panama hujjatlari"ning ma'lumotlar bazasini oshkor qildi. "Rossiya" so‘zi bilan so‘rov berganda, unda 11516 korporativ nomlar, bu kompaniya xodimlarining 6285ta shaxsiy va 140ta "vositachilar" nomlari borligini ko‘rish mumkin, ularning qatoriga ham jismoniy, ham yuridik shaxslar kiradi.

ICIJ maqola haqidagi xabarda "ofshor kompaniyalar va ishonch fondlari qonuniy maqsadlarda ishlatilishi mumkin"ligini ta'kidladi. Konsortsiumda "ICIJ'ning ma'lumotlar bazasiga kiritilgan qandaydir shaxslar, kompaniyalar yoki boshqa tashkilotlar qonunga xilof ish qilganligiga ishora qilish niyatimiz yo‘q" deyiladi.

Bundan avval Mossack Fonseca Panama yuridik kompaniya-registratori arxividan uning ixtiyoriga o‘tgan ma'lumotlar bazasi har qanday holatda ham to‘liq nashr qilinmasligiga izoh berib o‘tgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u kishilarning "shaxsiy ma'lumotlarini keng ommaga tarqalishi"ga yo‘l qo‘ymaydi, "ma'lumotlar bazasida bank hisob raqamlari va moliyaviy operatsiyalar, elektron va boshqa yozishmalar, pasport va telefon raqamlarining bo‘lmasligi" ta'kidlangan.