Jamiyat | 20:27 / 10.05.2016
12480
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik ayol 72 yoshida ilk farzandini dunyoga keltirdi

Hindiston fuqarosi bo‘lgan Daljinder Kaur ismli ayol 72 yoshida ilk marta ona bo‘ldi. Bu haqda Hindustan Times xabar tarqatgan

Nashrning yozishicha, Xaryan shtatida yashovchi bu ayol 46 yil oldin turmushga chiqqandi. U 2 yillik davolanish kurslaridan keyin 19 aprel kuni tug‘ruqni boshdan kechirgan. Bu voqea endigina matbuot vakillariga ma'lum bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i Maxendra Singh Gillning yoshi 79da.

2 kg vaznda tug‘ilgan chaqaloqqa Armaan ismini qo‘yishgan. Uning ahvoli barqarorligi aytilgan.

Ayol sun'iy urug‘lantirish yo‘li bilan homilador bo‘lgan.

Unga orzusi amalga oshishida Hisar shahridagi tibbiyot markazlaridan biri National Fertility and Test Tube klinikasida yordam ko‘rsatishgan.

Qayd etilishicha, bu klinikada bunga o‘xshash voqea avval ham sodir bo‘lgan. 2006 yili bu klinikada 70 yoshli mijoz tug‘ruqni boshdan kechirgan, 2008 yili esa 66 yoshli ayol ona bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, Kaur xonimning homilador bo‘lishi uchinchi urinishdan keyin amalga oshgan.