YeI Turkiyaga vizasiz rejim kiritilsa, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan teraktlar xavfidan cho‘chimoqda
Muhojirlik kelishuvi doirasida Turkiya bilan vizasiz rejim o‘rnatish Yevroittifoqda teraktlar xavfini oshiradi. Bu haqida The Telegraph xabar qildi.
"Turkiya fuqarolariga YeIga vizasiz chiqish huquqi berilishi bilan xorijliklar turk fuqarosiga aylanib, YeIga vizasiz chiqish uchun turk pasportini olishga harakat qilishni boshlashadi", - deyiladi ma'ruzada.
Yevrokomissiya bu sxema terrorchi va jinoyatchilarga Yevroittifoq mamlakatlariga to‘siqlarsiz kirish imkonini berishidan cho‘chimoqda. Ma'ruzada bildirilishicha, "turk mafiyasi tomonidan Yevropaga katta miqdordagi giyohvand moddalar, odam savdosi, noqonuniy qurol va qochoqlar o‘tishi muammosi YeIda o‘z ko‘lamini kengaytirishi mumkin".
Ma'lumki, Yevrokomissiya yaqinda "uyushgan jinoyatchilik girdobida qolgan" Kosovo, Ukraina va Gruziyaga vizasiz rejim o‘rnatish taklifini bildirgandi.
"Kosovoga nisbatan joriy qilingan vizasiz rejim liberalizatsiyasi natijalari shuni ko‘rsatdiki, narkotrafik, noqonuniy muhojirlikni yengillashtirish, korrupsiya, pul o‘marish va tovlamachilik, odam savdosi, qurol tashish va xorijiy terrorchi jangarilarining qaytarilishi Yevroittifoqning ichki xavfsizligiga salohiyatli tahdid soladi", - dedi Yevrokomissiya vakili.