O‘zbekiston | 17:35 / 20.05.2016
8209
2 daqiqa o‘qiladi

Koreya bosh vaziri: O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi obro‘si yil sayin oshib bormoqda

Ilgari xabar berilganidek, ayni kunlarda Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xvan Gyo An rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi. 

Janubiy Koreya hukumati rahbari, o‘z tashrifi arafasida “Jahon” axborot agentligi muxbiri suhbatdoshi bo‘lgan.

Tashrif dasturida bosh vazir Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi tugallanishi hamda Toshkentda Koreya madaniyati va san'ati uyi barpo etilishining boshlanishi marosimlarida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

“Bu loyihalar davlatlarimiz rahbarlarining katta jonbozliklari va qo‘llab-quvvatlashlari tufayli muvaffaqiyat bilan voqelikka aylandi va ular ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarning ajoyib namunasi hisoblanadi”, deb ta'kidladi bosh vazir.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan 1992 yildan buyon o‘tgan davr oralig'ida oliy darajada 14 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Turli yo‘nalishlarda yaqin strategik sheriklik o‘rnatildi va mustahkamlanmoqda. Shu davr ichida o‘zaro tovaralmashuvi 500 barobardan ziyodga ko‘paydi.