O‘zbekiston | 01:17 / 21.05.2016
27829
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda Toshkentning Muqimiy ko‘chasi bo‘yicha o‘tuvchi yangi ko‘prik maketi paydo bo‘ldi

Toshkentda joriy yilning sentabr oyigacha yangi xalqa yo‘lida barpo etiladigan uchta ko‘prik paydo bo‘ladi. Shosh.uz saytida Shota Rustaveli va Muqimiy ko‘chalari kesishgan joydagi bunday ko‘priklardan birining maketi namoyish qilindi.

Ayni vaqtda Muqimiy ko‘chasida qurilish ishlari davom etmoqda. Bu yerda bo‘lajak ko‘prikning poydevori qo‘yilmoqda. Yakuniy bosqichda ko‘prikning bir qismi joylashadigan Sh.Rustaveli ko‘chasidan Bobur ko‘chasigacha davom etuvchi yangi yo‘l quriladi.

Uchinchi halqa yo‘li Toshkentning markaziy qismida  paydo bo‘ladi, buning uchun yangi Nurafshon ko‘chasining Beruniy ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha qismida yangi yo‘ldan foydalaniladi. Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonovning aytishicha, barcha ishlarni 2016 yilning sentabriga yakunlash  mo‘ljallangan. Shuningdek, Bunyodkor shohko‘chasida (Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgan joyida) va Oqtepa maydonida ham ko‘prik qurilishlari olib borilmoqda.