Jahon | 13:54 / 26.05.2016
18211
2 daqiqa o‘qiladi

200 yildan beri bunaqasi bo‘lmagandi: Xitoyda juda kuchli sel yomg‘iri yog‘di

Xitoyning janubiy qismi so‘nggi 200 yil ichidagi juda kuchli yomg‘irlar natijasida suv bilan qoplandi. Seldan yarim million kishi jabr ko‘rdi. Ba'zi binolar suv bosishi oqibatida odamlar ko‘z o‘ngida barbod bo‘lmoqda, deya xabar beradi "MIR 24".

O‘sha yerda yashovchi kishilardan biri o‘z mobil telefonidan ayanchli manzarani videoga olishga ulgurdi. Yaxshiyamki, uyning ichida hech kim bo‘lmagan. 

Xitoy hukumatining ma'lumotlariga ko‘ra, mintaqada jami 600ta uyni suv bosgan. 323,4 ming kishi evakuatsiya qilingan. Talofat tufayli 40ta avtomagistralda harakat to‘xtatilgan. Aloqa liniyalariga ziyon yetgan, elektroenergiya uzatish tizimi ishdan chiqqan. 

Suv toshqini natijasidagi iqtisodiy zarar 1,7 milliard AQSh dollariga baholanmoqda. Sinoptiklarning taxminiga ko‘ra, Xitoyning janubiy va sharqiy qismlaridagi sel yomg‘irlari may oyining oxiriga qadar davom etadi.