O‘zbekiston | 11:24 / 03.06.2016
15837
1 daqiqa o‘qiladi

3 iyunga o‘tar kechasi Farg‘ona vodiysida 4,3 magnitudali zilzila yuz berdi

3 iyun kuni mahalliy vaqt bilan tungi soat 00:17da O‘zbekistonning sharqiy hududida 4,3 magnitudali zilzila qayd etildi.

Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Farg‘ona shahridan 34 km shimoli-g‘arbda, Hamza shaharchasidan 15 km shimolda va Toshkentdan 205 km sharqda joylashdi. Chuqurligi 20 km.

“Toshkent” seysmomarkazi ma'lumotida shu vaqtdagi yerosti silkinishi kuchi Farg‘ona vodiysi shaharlarida 3 ballni, poytaxtda 1,5 ballni tashkil etgani ko‘rsatilgan.