O‘zbekiston | 12:12 / 08.06.2016
15303
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: EgyptAir samolyoti portlash xavfi tufayli O‘zbekistonga shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi

Misrning EgypAir aviakompaniyasiga tegishli A-320-220 avialayneri Qohira-Pekin yo‘nalishida (MS955 reysi) parvozni amalga oshirayotganda chorshanba kuni 8:00 da Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bunga samolyot bortida bomba borligi haqidagi xabar sabab bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti aviakompaniyaga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Bahrayndagi "Al-Vasat" nashri xabariga ko‘ra, hukumat samolyot bortida bomba borligi haqida anonim ma'lumot olgach, samolyotni O‘zbekistondagi aeroportlardan biriga shoshilinch ravishda qo‘ndirish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Ayni vaqtda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.