Jahon | 16:23 / 08.06.2016
11016
1 daqiqa o‘qiladi

Parvoz vaqtida AQShning ikkita F-16 qiruvchi samolyoti to‘qnashib ketdi

AQSh HHKga qarashli ikkita F-16 qiruvchi samolyoti havoda to‘qnashib ketdi. Washington Times nashrining 8 iyul kuni bergan xabariga ko‘ra, voqea AQShning Jorjiya shtatida, tungi nazorat vaqtida sodir bo‘lgan.

Janubiy Karolina milliy havo gvardiyasining xabar berishicha, samolyotlar Jyefferson okrugi osmonida to‘qnashib ketgan. Uchuvchilar katapulta qilishga ulgurishgan. "Bir uchuvchi voqeadan so‘ng darrov topilgan. Ikkinchisini esa izlash ishlari davom ettirilmoqda, - dedi Amerika nashri. – Ikkala uchuvchining ham ahvoli yaxshi".

Qiruvchi samolyotlarning bo‘laklari hali topilmagan. Milliy havo gvardiyasi qidiruv ishlariga Jorjiya shtati hukumatidan yordam so‘ragan.