OAV: Harry Truman aviatashuvchi kemasining O‘rta Yer dengiziga tashlanishi – Rossiyaga ogohlantirishdir
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Fors ko‘rfazidan O‘rta Yer dengiziga Harry Truman aviatashuvchi kemasini Rossiyaga o‘z kuchi va imkoniyatlarini namoyish qilish uchun jo‘natdi. Bu haqda Wall Street Journal gazetasining elektron versiyasi ma'lum qildi.
Admiral Bret Batchelder kema bortiga qo‘yilgan amerikalik jurnalistlarga gap "NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarni AQShning O‘rta Yer dengizida kuchlar muvozanatini qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanligiga ishontirishga qaratilgan kuch namoyishi" haqida ketayotganini aytdi. "Bu jangovor imkoniyatlarning namoyishi. Bizni kimdir kuzatayotganiga shubha yo‘q. Bu esa biz nimaga qodirligimizning yaqqol namoyishidir", deb aytdi admiral.
Pentagonda Harry Truman’ning tashlanishi Moskvaga yo‘llangan ogohlantirish ekanligi maxfiy ravishda aytildi. "Kema O‘rta Yer dengizida ruslarni tekshirish uchun zarur bo‘lgan ishtirokni ta'minlaydi. "Trumen" bilan yo‘l qo‘ygan kutilmagan harakatimiz ularni biror vaziyatda ikki marta o‘ylab ko‘rishlariga majbur qiladi", deb Vashingtondagi manbaning so‘zlarini keltirib o‘tdi gazeta.
3 iyunda AQSh samolyotlari Harry Truman bortidan havoga ko‘tarilib, IShID terrorchilik guruhi pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga AQSh harbiy-dengiz kuchlaridagi manba ma'lum qildi. Uning aytishicha, kemadagi aviatsiya kema Fors ko‘rfazidan Suvaysh kanali orqali O‘rta Yer dengiziga o‘tishi bilanoq harakatga keltirildi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024