Jamiyat | 11:21 / 10.06.2016
27631
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zganing ayoli bilan yurib, so‘ngra uni qotiliga aylangan yigit uzoq yilga ozodlikdan mahrum etildi

Muqaddam sudlangan, amnistiya akti tufayli muddatidan oldin ozodlikka chiqarilgan Xo‘jamberdi bekorchilikdan oilali bir ayol bilan tanishib qoladi va uning pullariga kun ko‘rishni boshlaydi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.

Oysanam (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ikki farzandi va eri bo‘lishiga qaramay, Xo‘jamberdi bilan don olishib yuradi. Guvohlarning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u yigit bilan eri Toshkentga ish bilan ketgan vaqtlarda har xil manzillarda uchrashib yuradi.

Xo‘jamberdining ko‘rsatmasiga ko‘ra, u bir safar Oysanamdan 100 AQSh dollari, so‘ngra 200 AQSh dollari oladi. 

2015 yilning 8 avgust kuni Oysanamga telefon qilib, Dang‘aradagi AYoQSh oldiga 400 ming so‘m pul olib kelishini aytadi. Ayol pul bilan keladi. Tun yarmida ayol bilan ko‘rishib, undan 400 ming so‘m pulni oladi. So‘ngra ayolni bug‘ib o‘ldirib, uning taqinchoqlarini yechib oladi va uni ko‘mib qo‘yadi.

Toshkent viloyatiga qaytib, tilla taqinchoqlarni pullab yuboradi.

Takroran tovlamachilik, bosqinchilik, qotillik jinoyatlarini sodir etgan, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan X.Soyipov 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi.