Jahon | 22:13 / 12.06.2016
21303
2 daqiqa o‘qiladi

Orlandodagi qotillik AQSh tarixidagi eng ommaviy qotillik bo‘ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Orlandoda tungi klubdagi otishma AQSh tarixidagi eng ommaviy qotillik bo‘ldi. Qurbonlar soni 50 kishigacha oshdi. Bu haqda WESH2 mahalliy telekanali muxbiri tvitterda ma'lum qildi.

Orlando politsiya departamenti shefi otishmani mamlakat tarixidagi eng dahshatli otishmalardan biri deb atadi.

Bungacha Pulse klubidagi otishmada 50 kishi halok bo‘lgani, yana 50 kishi yaralangani ma'lum bo‘lgandi. Klubga hujum qilgan noma'lum erkak huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan otishmada yo‘q qilingan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Orlandodagi qotillikni amalga oshirgan shaxs Omar Matin ismli AQSh fuqarosi bo‘lgan. 29 yoshli erkak afg‘onistonlik muhojirlar oilasida tug‘ilgan bo‘lgan.

Federal qidiruvlar byurosi orlandolik qotilning terrorchilar bilan bog‘liqligi ehtimolini o‘rganmoqda, voqea mahalliy darajadagi terrorchilik akti sifatida talqin qilinmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bosqinchi bir o‘zi harakat qilgan va hujumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, uning yonida yarimavtomatik miltiq va yana bitta qurol bo‘lgan.

Voqea sababli Floridada favqulodda vaziyat e'lon qilindi. Bunday tartibni shtat gubernatori Rik Skott kiritdi.