Jahon | 12:47 / 13.06.2016
10307
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iz siyosatchisi hukumatni qo‘lga olishga tayyorlanishda ayblanib hibsga olindi

Mashhur qirg‘iz siyosatchisi Dastan Sarigulov respublikaning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) xodimlari tomonidan mamlakat hukumatini qo‘lga olishga harakat qilishda gumon qilinib qo‘lga olindi. Bu haqida 13 iyun kuni MXDQ xabar qildi. 

"Sarigulov bir qator shaxslarning hukumatni zo‘rlik bilan qo‘lga olishga tayyorgarlik borasidagi ayblovlari bo‘yicha jinoiy tergov doirasida qo‘lga olindi", - deyiladi xabarda.

Siyosatchi "gumon qilinayotgan shaxs" sifatida vaqtinchalik hibsga olingan. 

Joriy yilning bahor faslida Qirg‘iziston maxsus xizmat xodimlari bir qancha taniqli jamoat arboblarini davlat to‘ntaruvida ayblab qo‘lga olishgan. Ushbu ro‘yxatda Sarigulov ham bo‘lib, u uy qamog‘iga hukm qilingan edi. 

Endi unga "korrupsiya" bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkin. "MXDQ tergov bo‘limi tomonidan "Kumtor" loyihasi bo‘yicha jinoyat ishi doirasida "Kameko", "Kumtor Opereyting", "Kumtor gold", "Tsenterra gold" kompaniyalarining sobiq prezidenti Leonard Xomenyukning arizasi ko‘rib chiqilmoqda, unga ko‘ra, "Qirg‘izoltin" kompaniyasining sobiq prezidenti Sarigulovning harakatlarida korrupsiya alomatlari qayd etilgan", - deya ko‘rsatilgan hujjatda. Sarigulov 1992-1999 yillar mobaynida mazkur oltin konidagi ish jarayonlariga boshchilik qilgan. 

2015 yilda Kumtor konidan 16 tonnadan ortiq oltin qazib olingan.