Si Tszinpin: Xitoy birtomonlama sanksiyalar siyosatiga qarshi
Xitoy kuch ishlatish va kuch bilan tahdid qilish, yengil jazo choralari qo‘llash va manfaatdor tomon roziligisiz, bir tomonlama harakatlarni amalga oshirishga qarshi chiqadi. XXR raisi Si Tszinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokaralari yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shunday bayonot bergan.
"Biz prezident Putin bilan birga kelgan xulosamizga ko‘ra, BMT XKning doimiy a'zolari, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik hamda barqarorlikni ta'minlash kuchlari sifatida Xitoy va Rossiya BMT nizomining maqsad va prinsiplari, xalqaro huquqning asosiy me'yorlarini himoya qiladi. Bundan tashqari, global strategik muvozanatni ta'minlash, barqarorlik va xalqaro adolatni qat'iy ravishda muhofaza qiladi", — degan Si Tszinpin.
"Biz har doim davlatlararo ziddiyatlar, dolzarb mintaqaviy muammolarni siyosiy muzokaralar, do‘stona maslahatlashuvlar yo‘li bilan hal etish tarafdori bo‘lganmiz", — deb ta'kidlagan Xitoy raisi.