O‘zbekiston | 11:14 / 25.06.2016
11364
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda aholiga ijtimoiy ko‘mak beruvchi yangi markaz o‘z faoliyatini boshlaydi

Toshkentda 28 iyun kuni aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamini qo‘llab quvvatlash maqsadida Respublika nodavlat-notijorat tashkiloti bo‘lmish Intilish axborot-o‘quv markazi qoshida ijtimoiy ko‘mak markazi ochiladi.

Markaz ochilishi DVV International’ning (Germaniya assotsitsiyasining jahondagi milliy Universitetlar bilan xalqaro hamkorlik instituti) «Uyga to‘laqonli hayot bilan qaytish» loyihasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Markaz aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamiga psixologik va yuridik ko‘mak ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ular bilan kadrlar tayyorlash borasida ham hamkorlik qilinadi.

Loyiha o‘zida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi 1200 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj aholi vakilini qamrab oladi. Ular orasida qamoqdan ozod qilinganlar, giyohvand moddalariga bog‘lanib qolganlar, OITS bilan kasallanganlar, sil bilan og‘riganlar va boshqa bemorlar bor. 

Hozirda loyihaning moliyaviy masalalari bilan Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi shug‘ullanmoqda.

 

foto:Google image