Osiyoda Volkswagen firibgarliklari atrofidagi mojaro avj olmoqda
Osiyo mamlakatlarida Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan bog‘liq mojaro avj olmoqda. Volkswagen kompaniyasi benzinli dvigatellari chiqaradigan is gazi ko‘rsatkichlariga oid ma'lumotlarni o‘zgartirganlikda gumon qilinmoqda. Janubiy Koreyadagi nemis mashinalari egalari, ishlab chiqaruvchi va uning Koreyadagi importeri ustidan sudga murojaat qilgan.
Yonhap axborot agentligining xabariga ko‘ra, 26 nafar murojaatchi Volkswagen kompaniyasidan, avtomobil qiymati miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Sud mashmashasi, 3 kun avval, Audi Volkswagen Korea kompaniyasi rahbarlaridan biri hibsga olingach, boshlandi. U, 1,4 TSI motorli Golf avtomashinalariga maxsus dastur o‘rnatganlikda gumon qilinmoqda.
Dastur, mashina chiqarayotgan zararli gazlar miqdorini kamaytirib ko‘rsatgan. Shu bilan, 2014 yil oxirida shu turdagi avtomobillarni Janubiy Koreyada sotishga ruxsat olingan.
2015 yil martidan beri mamlakatda shunday "motor"li 1567ta «golf» sotilgan. Aldangan avtomobil egalari manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Jyeyson Xaning aytishicha, vaqti kelib ariza topshirganlar soni ko‘payishi aniq.
Eslatib o‘tamiz, VW Group AQShda dizel motorli avtomobillari bilan yuz bergan shu kabi mojaro sabab, 10,2 mlrd dollar tovon to‘lashi haqida avval xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024