O‘zbekiston | 14:08 / 29.06.2016
8605
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi kechiktirilgan HY-274 reysi 29 iyun kuni amalga oshiriladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 28 iyun kuni kechasi yuz bergan teraktdan keyin Turkiya hukumati qaroriga bo‘yicha Otaturk nomidagi xalqaro aeroport vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 29 iyunga o‘tar kechasi amalga oshirilishi kerak bo‘lgan HY-274 reysi muddati o‘zgargani haqida ma'lum qildi.

Milliy aviakompaniya matbuot xizmatida berilgan xabarga ko‘ra, HY-274 reysi bilan Istanbul shahridan Toshkentga parvoz qiladigan samolyotning parvozga chiqish vaqti mahalliy vaqt bilan soat 20:00 etib belgilangan.

Otaturk aeroportida yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish mahalliy vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK yo‘lovchilar ushbu o‘zgarishlarni to‘g‘ri tushunishiga umid bildirgan.