Si Jinping: Xitoy o‘z huquqlari va suvereniteti poymol etilishiga jim qarab turmaydi
Xitoy o‘zga mamlakatlar manfaatlariga hurmat bilan qaraydi, ammo shu bilan birga u har doim o‘z qonuniy huquqlarini himoya qiladi va o‘z suvereniteti hamda xavfsizligi siquvga olinishiga jim qarab turmaydi. XXR Raisi Si Jinping XKP tashkil topganiga 95 yil to‘lishi munosabati bilan boshlangan majlis chog‘ida shunday so‘zlar bilan chiqish qildi.
"Xitoy o‘zga mamlakatlar huquqlariga tajovuz qilmaydi, ularning rivojlanishiga hasad ko‘zi bilan qaramaydi, shu bilan birga, o‘z qonuniy haq-huquqlaridan hech qachon voz kechmaydi. Xitoy xalqi yovuzlik va ko‘ngilsizliklardan qo‘rqmaydi. Hech bir mamlakat biz o‘z tub manfaatlarimiz bilan savdolashishimizga, suverenitetimiz, xavfsizligimiz va rivojlanish manfaatlarimiz siquvga olinishiga chidab turishimizga umid qilmasligi lozim", — deb ta'kidladi Si Jinping.
Si Jinping, shuningdek, "Xitoy tinch taraqqiyot yo‘lidan dadil borishi va tashqi siyosatni hamkorlik va o‘zaro manfaatdorlik prinsiplari asosida yuritishi"ni qo‘shimcha qildi.
U Xitoy "sovuq urush" mafkurasiga qarshi chiqishi, Xitoy o‘zga mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmasligi va o‘z qarashlarni chet davlatlarga zo‘rlab o‘tkazmasligini ta'kidladi.