Jamiyat | 09:00 / 03.07.2016
10960
1 daqiqa o‘qiladi

“Oskar” sohibi bo‘lgan rejissyor Maykl Chimino olamdan o‘tdi

Amerikalik rejissyor Maykl Chimino 78 yoshida olamdan o‘tdi, deb yozmoqda La Repubblica.

Chimino faoliyati boshida telereklama bilan shug‘ullangan va ssenariylar yozgan. 1974 yilda mustaqil ravishda o‘zining ilk filmi – “Baqiroq va Tezoyoq”ni suratga olgandi. Unda bosh rolni Klin Itsvud ijro etgan. Marhumning ikkinchi kartinasi “Kiyiklar ovchisi” filmi Vetnam urushi voqealarini hikoya qiladi. Bu filmda bosh rolni Robert de Niro gavdalantirgan. Bu film beshta “Oskar”ga loyiq ko‘rilgan.

Keyinroq rejissyor “Cho‘qintirgan ota” asari muallifi Mario Pyuzoning “Sitsiliyalik ayol” kitobi asosida shu nomli filmni suratga oladi. Uning ko‘pgina kartinalari Kann festivalida ham taqdim etilgan.

Mavzuga oid