Amerikalik kolleksioner 1823 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasi nusxasi egasiga aylandi
Las-Vegasda istiqomat qiluvchi kolleksioner Amerikaning Britaniya hukmronligidan ozod bo‘lganligining 240-yilligiga Mustaqillik deklaratsiyasining 201 fiksmeylidan birining egasiga aylandi. Bu Kevin Kostinerga 75 dollarga tushdi, nusxaning asliga to‘g‘ri ekanligi tasdiqlanganidan so‘ng u kimoshdi savdosida 35 ming dollarga sotilishi mumkin. Bu haqida Fox News xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, Las-Vegasdagi muzeylar rahbari Mark Xoll-Patton Mustaqillik deklaratsiyasining asl nusxasi 1823 yilda mis taxtada o‘yib yozish usuli bilan yaratilganligini ma'lum qilgan. "Bunday nusxani o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish quvonarli, albatta. Endi hattoki uning nusxalarini ham topib bo‘lmaydi".
Kollektsionerning so‘zlariga ko‘ra, u yaqinda bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida Kaliforniya shtati Fanlar akdemiyasi keraksiz deb xalos bo‘lgan bir necha quti hujjatni 75 dollarga xarid qilgan. Bir uyum qog‘ozning eng tagida u Mustaqillik deklaratsiyasi nusxasini topib oldi. Hujjatga doir ma'lumotlarni to‘plagan Kevin haqiqiy "javohir"ning egasiga aylanganiga ishonchi komil bo‘ldi. "Noyob buyumlar va qog‘ozlarni yig‘ishga qiziqaman", - deya ma'lum qildi kolleksioner. U foydani ko‘zlab pul tikkanini tan oldi, lekin qimmatbaho hujjatni qayta sotib, daromad olish niyati yo‘qligini bildirdi.
Mavzuga oid
08:30 / 12.10.2024
Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin
14:10 / 02.10.2024
Mehnat organlariga murojaat qilganlardan ortiqcha hujjatlar talab etilishi oldi olinadi
15:32 / 12.09.2024
Eynshteynning Ruzveltga yozgan xati kimoshdi savdosida qariyb 4 mln dollarga sotildi
16:29 / 11.08.2024