Jahon | 15:31 / 04.07.2016
23877
2 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev o‘z xalqiga murojaati davomida o‘zbek maqolini ibrat qilib ko‘rsatdi

2016 yilning birinchi yarim yilligidagi sanoatlashtirish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zga chiqqan Nursulton Nazarboyev dangasa qozoqlar haqidagi latifalarga chek qo‘yishga chaqirdi. Bu haqida KazInform xabar qildi. 

"Men har bir qozog‘istonlikning ertangi kuniga ishonchi komil bo‘lishini istayman. Har bir intiluvchan shaxs o‘z oilasini boqa olishi uchun uning tayinli ishi va daromadi bo‘lishi kerak. Biz buni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Biroq davlatning bekorga sarf qiladigan ortiqcha puli yo‘q. O‘zbeklarda bir maqol bor: "Bekorchidan el bezor". Biz bunga amal qilib yashashni o‘rganishimiz zarur. Shu bilan birga dangasa qozoqlar haqidagi latifalarga chek qo‘yishimiz lozim", - dedi Nursulton Nazarboyev. 

Davlat rahbari Qozog‘istonda har bir fuqaro mehnat qilishi va o‘z turmush tarzini yaxshilashi uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta'kidladi.

"Agar biz vazirlar hamda hokimlar bilan bu masalalarni hal qilsak, albatta maqsadimizga yetishamiz", - deya o‘z so‘ziga yakun yasadi prezident.