Juno ilmiy zondi Yupiter orbitasiga chiqdi
Amerikaning Juno kosmik kemasi 4 iyul kuni Yupiter orbitasiga chiqdi. NASA agentligining xabar qilishicha, shu bois sayyoralararo stansiya mahalliy vaqt bilan soat 23:18da tezligini 1 soniyada 542 metrga sekinlashtirib hamda Quyosh tizimidagi eng katta sayyoraning gravitatsion kuchlari ta'siri ostida o‘z dvigatelini 35 daqiqaga yoqib qo‘ydi.
Dvigatel ishga tushirilgan paytda Juno'ning boshqa uskunalari va videokamera o‘chirib qo‘yildi, Pasadendagi Reaktiv harakat labaratoriyasi mutaxassislari uni faqat radiosignallar yordamidagina kuzatishdi.
"Juno'ning barcha harakatlari oldindan dasturlashtirilgan, zond avtopilotda uchadi, shu bois Yerdagi operatorlar aralashuviga hojat qolmaydi", - deya izoh berdi Labaratoriyada faoliyat yurituvchi loyiha texnik menedjyeri Ed Xerst. 5 yillik parvoz davomida dvigatel ikki martagina yoqilgan.
Manbaga ko‘ra, kosmik kema "favqulodda tajovuzkor muhitda" ishlashga mo‘ljallab qurilgan, uning barcha o‘lchov uskunalari va asboblari esa 180 kilogrammli titan qobiq bilan himoyalangan. Bu ularga hattoki yuqori radiatsiyali muhitda ham ishlash imkonini beradi. 1,1 milliard dollarlik Juno missiyasi 2 yilga mo‘ljallangan.
Foto:© NASA/JPL-Caltech via AP
Mavzuga oid
11:30 / 07.11.2024
NASA Yupiterning eng tiniq suratlarini e’lon qildi
01:28 / 14.10.2024
NASA Yupiter tabiiy yo‘ldoshiga uchiriladigan missiyasini tayyorlamoqda
22:57 / 25.09.2024
NASA Yupiterga eng katta kosmik kemani uchirishga tayyorlanmoqda
09:28 / 15.04.2023