London politsiyasi telefon g‘ilofi qurol ko‘rinishida bo‘lgan kishini hibsga oldi
Londonning Stansted aeroportida politsiya smartfon g‘ilofi qurol ko‘rinishida bo‘lgan kishini qo‘lga oldi. Bu haqida Macrumors xabar berdi.
Londonlik erkak aeroportdagi xavfsizlik tizimidan qurol g‘ilofli smartfoni bilan o‘tayotgan bo‘lgan, bu politsiya xodimlarida darhol norozilik uyg‘otgan. “O‘yinchoq” egasi “muassasa va tashkilotlar faoliyatiga xavf tug‘dirish bilan bog‘liq jamoat tartibini buzganlikda” ayblanmoqda.
Buyuk Britaniya politsiyasi noodatiy g‘ilofli smartfon sohiblarini bunday aksessuarlar bilan jamoat joylarida yurmaslikka chorlamoqda, chunki xavfsizlik xodimlari bir qarashda uzoq masofadan qurolni o‘yinchoq bilan adashtirishlari mumkin. Shunday holat yuzaga kelgan taqdirda “qurol” egasi uning qo‘llariga kishan kiydirilishiga tayyor turishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:25 / 19.09.2024
Moskva aeroportlarida xorijliklar uchun yangi qoidalar joriy etiladi
07:20 / 18.09.2024
O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
22:37 / 17.09.2024
Londondagi Oksford-strit ko‘chasi piyoda uchun mo‘ljallangan hududga aylantiriladi
14:50 / 16.09.2024