Jahon | 16:21 / 09.07.2016
11958
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda ichida odamlar bo‘lgan savdo markazi buzildi

Google image

Hindiston shimolida noqonuniy barpo etilgan savdo markazi tekshirmasdan buzilishi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgan. Yana 6 nafar odam vayronalar ostida qolayotgan bo‘lishi ehtimol, deb xabar qilmoqda mahalliy OAV. 

Hodisa, bugun 9 iyul kuni ertalab, Uttar-pradesh shtati Meratx shahrida sodir bo‘lgan. 4 qavatli savdo markazi mahalliy sud qaroriga ko‘ra buzilishi kerak edi. Biroq, hokimiyat vakillari e'tiborsizlik qilib, bino to‘liq ko‘chirilganiga ishonch hosil qilmagan.  

Ammo, mahalliy kengash vakili Piyush Gautam, hukumat vakillari kerakli choralarni ko‘rmagani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etmoqda. 

Hozirda, fojia joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayapti. Halok bo‘lganlarning yaqinlari politsiya mahkamasiga murojaat qilishgan.