Jahon | 11:29 / 11.07.2016
4109
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya qirg‘oqlarida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11 iyul kuni Yaponiyaning Ryukyu orollaridagi Filippin daryosida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqida Hongkong Meteorologiya observatoriyasi ma'lumotiga asoslanib, TASS agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yerosti silkinishlarining markazi Tokunosima aholi punktidan janubi-sharq tomon taxminan 155 kilometrlik va Okinava shahridan shimoli sharq tomon 250 kilometrlik masofada bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘ining chuqurligi haqida xabar qilinmadi.
Zilzila natijasida qurbon bo‘lganlar va vayronagarchiliklar, shuningdek sunami xavfiga oid ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
12:00 / 16.09.2024
76-«Emmi» marosimi Yaponiyaning triumfi bilan tugadi
21:22 / 12.09.2024
Toyota Prius yoqilg‘i sarfi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
11:35 / 11.09.2024