Iqtisodiyot | 12:21 / 12.07.2016
12140
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirmoqchi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston 2020 yil oxirlariga qadar meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni ikki barobar ko‘paytirmoqchi. Bu haqida respublika bosh vaziri Shavkat Mirziyayevning so‘zlariga asoslanib, Sputnik xabar qildi

Mirziyayevning ma'lum qilishicha, mamlakatning qishloq xo‘jalik sektori yiliga 16 million tonna atrofida meva va sabzavotlar yetishtiradi. Endilikda bu ko‘rsatkichni 32 million tonnadan kam bo‘lmagan darajaga ko‘tarish kerak. Bosh vazirning fikricha, zamonaviy sovutish uskunalarining yaratilishi ishlab chiqarishning oshishiga turtki bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda umumiy quvvati 800 ming tonna bo‘lgan meva va sabzavot mahsulotlarini saqlash markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2016 yil oxiriga qadar umumiy quvvati 100 ming tonnadan ortiq bo‘lgan 197ta sovutish kameralari qo‘shimcha ekspluatatsiyaga kiritiladi. 

"O‘zbekistonda ichki va tashqi bozorlarni sifatli meva- sabzavotlar bilan ta'minlovchi 160dan ortiq fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda. Banklarning 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan imtiyozli kreditlari ularga rivojlantirish ishlarini davom ettirish imkonini beradi", - deya ma'lum qildi Mirziyayev. 

2015 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish hajmi 6,7 foizga oshib, 12,6 million tonnani, poliz ekinlari - 5,9 foizga oshib, 1,8 million tonnani, uzum yetishtirish - 11,4 foizga oshib, 1,56 million tonnani tashkil qildi.

Mavzuga oid