Fan-texnika | 19:42 / 13.07.2016
11440
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya olimlari cho‘ponlar mehnatini yengillashtirishga qo‘l urishdi

Foto: Videodan olingan kadr

Sidney universiteti olimlari «dunyodagi birinchi cho‘pon-robot» sinovini o‘tkazayapti, deb xabar qilmoqda New Scientist nashri. SwagBot deb nomlangan to‘rt g‘ildirakli mashina sinovi iyun oyida boshlangan. Robotlashgan cho‘pon prototipi, qo‘y, qoramol va ot to‘dalarini bir joyga to‘play oladi, o‘tib bo‘lmas do‘ngliklarni aylanib o‘tish orqali yaylov kengliklarida harakatlanib, og‘ir yuklarni aravada tashiy oladi.  

Olimlar, ishlab chiqarishning keyingi bosqichida, robot-cho‘ponga, chorva mollari tana haroratini o‘lchay oladigan va ularning orasidan kasallanganlarini aniqlay oladigan sensorlarni o‘rnatishni rejalashtirmoqda. 

Bundan tashqari, SwagBot chorva podasini boqish uchun munosib joy tanlay oladi, ya'ni unga u yoki bu maydondagi maysalarning qalinligini aniqlaydigan sensorlar ham o‘rnatiladi. 

Avvalroq, Sidney universiteti mutaxassislari qishloq xo‘jaligi ekinlarining holatini avtomatik ravishda nazorat qila oladigan  robotni ishlab chiqishgani xabar qilingan edi. 


Mavzuga oid