Fan-texnika | 20:01 / 15.07.2016
8444
2 daqiqa o‘qiladi

Internet tarmog‘ida yangi Hyundai Solarisning suratlari paydo bo‘ldi

Xitoyning Autohome portali ixtiyorida Hyundai Verna sedanining yangi avlodiga oid josuslik suratlari paydo bo‘ldi. Rossiyada bu model Solaris nomi bilan sotiladi. (Ayrim avtomobil bozorlarida Accent sifatida uchraydi).

Aytish mumkinki, yangi «Solyaris» aprel oyida Pekin avtoko‘rgazmasida namoyish etilgan Verna Concept prototipi uslubida ishlab chiqilgan. Sedan hozirgi «Solyaris»dan radiator qafasi, birmuncha ensiz oldyoritqich chiroqlari, yangilangan orqa chiroqlar va yangi eshiklari bilan farqlanadi. 

Yangi avlod Hyundai Verna/Solarisning rasmiy taqdimoti shu yilning kuzida Xitoyda bo‘lishi kutilayapti. Modelning Rossiya bozoriga mo‘ljallangan rusumi 2017 yildan sotilishi ehtimol. 

Rossiya bozoridagi Hyundai Solaris 1,4-litrli 107 ot kuchiga ega hamda 1,6 litrli 123 ot kuchiga ega ikki xil motorli to‘plamda sotuvga chiqariladi. Birinchi motorga besh bosqichli mexanik yoki 4 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi hamkorlik qilsa, ikkinchi turdagi motor olti diapazonli mexanik yoxud avtomatik uzatmalar qutisi yordamida mashinani harakatga keltiradi. 

Model Hyundaining Sankt-Peterburgdagi zavodida yig‘iladi. 

Mavzuga oid