Jahon | 02:45 / 16.07.2016
7491
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh shtabi rahbari Xulusi Akar harbiylar tomonidan asir olindi

Harbiylar guruhi Turkiya bosh shtabi rahbari Xulusi Akarni asirga oldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz: Anqarada otishma ovozlari eshitilib, shahar ustida qiruvchi samolyot va vertolyotlar parvoz qildi. Ayrim turk OAVlari Anqara markazidagi Turkiya bosh shtabi oldida otishmalar sodir bo‘lganini aytmoqda. Ko‘plab tez yordam mashinalari bosh shtab joylashgan joyga qarab yo‘lga tushgan.

Mavzuga oid