Moskva viloyatida Betmen kiyimidagi shaxs 50 ga yaqin jinoyatni fosh qilishda yordam berdi
Moskva viloyatining Ximki shahrida Betmen kiyimidagi noma'lum shaxs politsiyachilarga jinoyatchilar bilan kurashishda yordam bermoqda. Huquq-tartibot muassasalari uning yordamida narkosavdo, talonchilik, o‘g‘rilik kabi 50 ga yaqin jinoyat fosh qilinganini tan olmoqdalar. Politsiya noodatiy yordamchiga minnatdorchilik bildirmoqda, biroq bunga mukkasidan ketmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda "360" telekanali xabar bermoqda.
"Bu odam 40-50 ga yaqin hibsga olishlar o‘tkazgan, ular bo‘yicha, asosan giyohvand moddalarni noqonuniy aylantirish bo‘yicha, jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Federal xavfsizlik xizmati vaziyatida bizga undan uncha yordam yo‘q. Biz bu holat qandaydir ommaviy g‘alayonlarga olib kelmasligi uchun barchasini nazoratda ushlab turibmiz. Agar bizda ko‘plab qahramonlar paydo bo‘lsa, ko‘plab muammo yuzaga keladi", deb aytdi FXXning Vladislav ismli xodimi.
Mahalliy Betmen mashhurlashib ketib, jamoatchilik e'tiboriga tushdi. Tvitterda yangi qahramon yovuzlik bilan kurashish niyatidaligini bildirgan. Internetda u narkopritonni "bosayotgani" videosi ham paydo bo‘lgan. Videoda u narkopritonga tutun shashkasi otib, g‘oyib bo‘lganini ko‘rish mumkin.
"Uning kostyumi buyurtma bilan tikilgan, unga kellar plastinalar o‘rnatilgan. Ya'ni bu odam yaxshilab tayyorgarchilik ko‘rgan. Men o‘z guruhimda odamlar bunga qanday munosabatda ekanliklarini bilish uchun so‘rovnoma o‘tkazdim. Odamlar bunga haqiqatda qiziqmoqdalar va bizning Betmendan yangi qahramonliklar kutib qolmoqdalar", deb aytdi ijtimoiy tarmoqdagi "Tipichniye Ximki" guruhi rahbari Nikita Belugin.
Mavzuga oid
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024