JSST 70 yoshgacha o‘limga sabab bo‘luvchi asosiy omillarni ma'lum qildi
Yurak yetishmovchiligi, saraton, o‘pka kasalliklari va qandli diabet 70 yoshgacha bo‘lgan insonlar orasida eng ko‘p o‘limga oluvchi kasalliklar hisoblanadi. Bu haqda, jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hisobotida so‘z yuritilgan.
"Global miqyosda ushbu to‘rt turdagi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar 70 yoshgacha bo‘lganlar orasida eng ko‘p o‘limga olib boruvchi xastaliklar bo‘lib qolmoqda. Shu bilan barqaror rivojlanishga to‘sqinlik qilayapti ", - deyiladi tashkilotda. Unda qayd etilishicha, "umuman dunyo bo‘ylab yuz beradigan o‘lim hollarining 70 foiziga yuqumli bo‘lmagan kasalliklar sabab bo‘lmoqda. Ularning aksariyati, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda ro‘yxatga olinadi".
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlariga ko‘ra, ayrim mamlakatlar yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashda sezilarli o‘sishga erishgan. Bunda, chekish va alkogolli ichimliklar ichishni suiiste'mol qilishga barham berish barobarida sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish ham yordam bergan. Biroq, bular yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan o‘lim hollarini hozircha aytarli kamaytirayotgani yo‘q, deb qayg‘uradi JSST.
Mavzuga oid
15:32 / 23.09.2024
Asalari zahri tarkibida saratonga qarshi modda topildi
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
13:54 / 18.09.2024
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?
21:15 / 13.09.2024