Jamiyat | 11:51 / 20.07.2016
14753
2 daqiqa o‘qiladi

Sirg‘ali avtomobil bozorida FVVning taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Toshkent shahar Sirg‘ali tumanidagi «Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori» MChJda 2016 yil 14 iyul kuni «Zilzila va yong‘in sodir bo‘lganda fuqarolarni qutqarish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda ularni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish ishlarini tashkil etishda obekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari harakatlari» mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maxsus-taktik o‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra shartli ravishda zilzila sodir bo‘lishi natijasida ma'muriy binoda yong‘in sodir bo‘ladi. Binodagi xodimlar va moddiy-tovar boyliklar, shuningdek, avtoturargohdagi aholi hamda avtomashinalar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi va yong‘in bartaraf etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadining zamonaviy qutqaruv asbob-anjomlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Mavzuga oid