Jamiyat | 14:19 / 20.07.2016
9037
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti va Huawei kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va Huawei (Huawei Tech. Investment Tashkent MChJ QK) kompaniyasi 2016 yilning 20 iyul kuni o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolashdi. Mazkur hujjat O‘zbekistonning  iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlashga hamda O‘zbekistondagi AKT sohasining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Huawei’ning Bosh direktori janob Van Pen va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori janob Sherzod Shermatov IUT binosida o‘tkazilgan marosimda o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolashdi.

Memorandum doirasida Huawei, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va yechimlari sohasida dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri, har yili Toshkent shahridagi Inha universiteti bakalavriatidagi besh nafar iqtidorli talabalariga to‘rt akademik o‘quv yili davomida grantlar ajratadi.

Har yili, eng iqtidorli talabalarni Huawei kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi bosqich talabalari orasidan, kirish imtihonidagi natijalar hamda ingliz tilidagi inshoga asoslanib, tanlab oladi. Tanlovning so‘nggi bosqichida talabalar kompaniya mutaxassislari hamda IUT o‘qituvchilaridan tashkil topgan maxsus komissiyaning suhbatidan o‘tishlari lozim bo‘ladi.

Hamkorlik doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti va Huawei kompaniyasi tomonidan universitet talabalari uchun maxsus IT-kurslarini tashkil etishni rejalashtirishmoqda. Mazkur kurslarni o‘tkazishga dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari professorlari va kompaniya mutaxassislari jalb etiladi.
Hamkorlikning yana bir muhim yo‘naligi IUT talabalarining Startup loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi. Huawei kompaniyasi talabalar tomonidan yaratilgan mahsum loyihalar, dasturiy ta'minotlar va yechimlarni qo‘llab-quvvatlashga qiziqishini bildirdi. Ushbu yechimlar va dasturlardan nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda foydalanish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid