Yaponiya aholisi Pokemon GO'ning bosh sahifasiga kirishda muammolarga duch kelmoqda
Pokemon GO o‘yini Yaponiya hududiga kelganidan yarim soat o‘tib, murojaat qiluvchilarning ko‘pligi tufayli Pokemon kompaniyasining bosh sahifasiga kirishning imkoni bo‘lmadi.
O‘yin tarqatuvchisi bo‘lgan kompaniya saytiga murojaat qilish ilovaga kirish va registratsiyadan o‘tish uchun zarur. Hozir saytda "servis xizmatlari haddan ziyod yuklanganligi bois yangi akkauntni yaratish yoki boshqa xizmatlardan foydalanishning iloji yo‘q", deb yozilgan.
22 iyul, juma kuni ertalab uzoq kutilgan bepul ilova Yaponiya hududiga yetib keldi. O‘yinning boshlanishi foydalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu esa kompaniya saytiga ommaviy murojaat qilishga hamda yukning haddan ziyod ortishiga olib keldi.
21 iyul, payshanba kuni Yaponiyaning kiberxavfsizlik markazi xalqqa ilk marta Pokemon GO o‘ynab, ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligiga oid eslatma bilan murojaat qildi. Bu markazning faoliyatida ogohlantirish obekti elektron o‘yin bo‘lgan ilk murojaat bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
12:00 / 16.09.2024
76-«Emmi» marosimi Yaponiyaning triumfi bilan tugadi
21:22 / 12.09.2024
Toyota Prius yoqilg‘i sarfi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
11:35 / 11.09.2024