Jahon | 10:33 / 24.07.2016
15040
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari: Gulen va uning tarafdorlari AQSh va Yevropa Ittifoqida kuchli qo‘llab-quvvatlovga ega

© EPA/SEDAT SUNA

Anqara fikricha, Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinishga aloqador bo‘lgan turk muxolifi Fathulla Gulen va uning tarafdorlari AQSh va Yevropa Ittifoqida ma'lum qo‘llab-quvvatlovga ega. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mexmet Shimshek SNBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda TASS.  

"Biz Gulen va uning izdoshlari amerikalik senator va ularning yordamchilariga Turkiyaga 800 ga yaqin to‘langan safar tashkillashtirganini aniqladik. Biz Gulenda Vashington va Bryusselda jiddiy qo‘llab-quvvatlov borligidan yaxshi xabarimiz bor", deb aytdi Shimshek.  

Shimshek agar Anqara Vashingtonga Gulenning fitnaga aloqadorligining aniq isbotlarini taqdim qilsa, AQSh hukumati ikki tomonlama munosabatlarga muammolar yaratmaslik uchun Gulenni Turkiyaga topshirishini aytdi.  

"Agar biz AQShga Gulenning to‘ntaruvga aloqadorligini isbotlasak, unda bu isbotlar uning ekstraditsiyasi uchun salmoqli dalil bo‘ladi. AQSh – bizning ittifoqdosh va strategik hamkorimiz va biz bu masala o‘zaro munosabatlarimizga muammo bo‘lmasligini istaymiz", deb ta'kidlab o‘tdi siyosatchi.

Gulen "Fathullachilar terrorchilik tashkiloti" rahbari hisoblanib, Anqara fikricha, bu tashkilot davlat to‘ntaruvini tayyorlashga javobgar. Gulen 1999 yildan AQShning Pensilvaniya shtatida yashaydi. Turkiya AQShdan Gulenning topshirilishini rasman so‘radi. Gulen va to‘ntaruv bo‘yicha ishning 70 dan ortiq asosiy figuranti bo‘yicha sud noyabr oxiriga o‘tkazilishi belgilangan.  

Keyingi haftada AQShga Turkiya ichki ishlar vaziri Efkan Ala va adliya vaziri Bekir Bo‘zdag safar uyushtirishi rejalashtirilgan. Ularning AQShga safaridan asosiy maqsad Gulenning ekstraditsiya qilinishi masalasini muhokama qilish hisoblanadi.

Mavzuga oid