Ansbaxda yuz bergan portlashda 14 kishi jabrlandi
Eslatib o‘tamiz, Germaniya shahrining markazidagi restoranda portlash sodir bo‘lib, uning yaqinida Ansbach Open musiqa festivali bo‘lib o‘tayotgan edi. U, 3 kun davom etib, 24 iyul kuni kechqurun yakunlangan.
Politsiyada qayd etishlaricha, hodisa joyi o‘rab olingan. Maxsus xizmat askarlari yetib kelishgan. Bavariya ichki ishlar vaziri Yoaxim Herman Ansbaxga yetib kelgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Ansbaxda yuz bergan portlash oqibatida jabrlanganlar soni 14 kishiga yetgan, og‘ir jarohatlanganlar yo‘q. Biroq, bu ma'lumotlarga yana tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Hodisa joyida 200ga yaqin huquq posbonlari va 350 qutqaruvchi, o‘t o‘chirish xodimi navbatchilik qilmoqda. Bu haqda, DPA agentligi o‘t o‘chirish xizmati vakiliga tayangan holda.
Avvalroq, Reuters agentligi 12 nafar kishining jarohatlangani, ulardan biri og‘ir ahvolda ekanini xabar qilgan edi.
Hodisada birgina kishi qurbon bo‘lgan, u ham bo‘lsa portlashni sodir etgan kishining o‘zidir. Shifokorlar uni jonlantirishning uddasidan chiqa olishmagan. Uning shaxsiga oid bironta ma'lumot ham keltirilmayapti. Portlovchi moslamaning turiga ham oydinlik kiritilgani yo‘q.
Ushbu voqeaga aloqadorlarni qidirishda vertolyotlardan foydalanilgan.
Ayni vaqtda, portlash gaz chiqishidan sodir bo‘lgani xususidagi taxmin inkor etilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari ma'lumotlariga ko‘ra, voqeaga portlovchi moslama sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
23:58 / 11.09.2024
Toshkentdagi restoranlardan birida ommaviy zaharlanish yuz berdi
10:00 / 09.09.2024
Belgiyaning mashhur restoranlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
20:52 / 30.08.2024