Sport | 23:00 / 26.07.2016
11110
1 daqiqa o‘qiladi
Alisher Usmonov: «Doping qabul qilgan sportchilar xalqidan kechirim so‘rashi kerak»
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari Alisher Usmonov XOQning Rossiya sportchilari yuzasidan chiqargan qaroriga munosabat bildirdi. Kecha Rossiya sportchilarining Rio Olimpiadasiga qatnashishlariga rasman ruxsat berilgan edi.
«Doping iste'mol qilgan va qo‘lga tushgan sportchilar xalqidan, vatanidan va butun sport jamoatchiligidan kechirim so‘rashi kerak. Ular butun mamlakatni sharmanda qilishdi.
Toza sportchilar esa oqlanishi va ularning hech qanday aybi yo‘q ekani ommaviy e'lon qilinishi kerak. Menga qolsa, doping test vaqtida arbitraj sudi vakillari ham qatnashishsin. Shunda hammasi aniq bo‘ladi»,- deydi Usmonov.