O‘zbekiston | 21:29 / 27.07.2016
7261
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilovning Saudiya Arabistoni TIV rahbari bilan uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilindi

Foto: TIV matbuot xizmati

2016 yilning 27 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr bilan muzokaralar olib bordi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi va Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining (IHT TIVK) Toshkent shahrida bo‘ladigan sessiyasi kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr “Ta'lim va ma'rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” shiorida o‘z ifodasini topgan O‘zbekistonning IHT TIVKdagi raisligining ustuvor yo‘nalishlari borasidagi qarashlari va yondashuvlarini yuqori baholadi.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirishdan va IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashinig Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.