Turkiya bosh shtabi quruqlikdagi qo‘shinlar, harbiy-havo kuchlari va flot ustidan nazoratdan mahrum etildi
Avval Turkiya bosh shtabiga bo‘ysungan Turkiya quruqlikdagi qo‘shinlari, harbiy-havo kuchlari va floti ustidan qo‘mondonlik qilish Turkiya milliy mudofaa vazirligiga o‘tdi. Bu haqda Turkiya prezidenti va hukumati tomonidan imzolangan qarorda aytilgan. Bu qaror 31 iyulda rasmiy hukumat axborotnomasi T. S. Resmt Gazete’da chop etildi.
Hukumat, shuningdek, bosh shtab bo‘ysunuvida bo‘lgan "Gulxan harbiy tibbiyot akademiyasi" va mamlakatdagi barcha harbiy gospitallar ustidan nazoratni sog‘liqni saqlash vazirligiga berdi. Bundan tashqari, qaror bilan mamlakatdagi kichik zobitlik tarkibini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi barcha harbiy o‘quv yurtlari va akademiyalar faoliyati to‘xtatildi. Bu o‘quv yurtlari o‘z ishini qarorda yaratilishi ko‘zda tutilgan Milliy mudofaa universiteti rahbarligida davom ettiradi.
Bundan avval Turkiya qurolli kuchlarini isloh qilish rejalari haqida mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an e'lon qilgandi. Jumladan, qo‘shin turlari bosh qo‘mondonlari mudofaa vaziriga bo‘ysunadilar, armiya strukturasi esa ba'zi tub o‘zgarishlarga uchraydi.
Bunday choralar mamlakatda amalga oshirilgan davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin ko‘rilmoqda.