Almazbek Atambayev: “Qirg‘izchilik”ning yaxshi va yomon tomonlari bor
“Yaxshi va yovvoyi “qirg‘izchilik” bor”, - dedi bugun OAV vakillari bilan uchrashgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yovvoyi “qirg‘izchilik” – mahalliychilik. Uning ishonchi komilki, dunyoning hech bir mamlakatida odamlar bir qishloqdan yoki bir shahardan chiqqanligi uchun jinoyatchini himoya qilishmaydi.
“Qandaydir bir akademikning qabila yetakchisiga aylanishi qo‘rqinchli holat. Bizni qayerga olib ketyapsan? Afrikagami? Yaqinda bir siyosatchi qabila yetakchisiga aylandi. Xalqni qabilalarga bo‘luvchi kishilar – xalq dushmanlari hisoblanadi. Har bir insonni o‘zbek, rus yoki boshqa bir millat vakili deb yozish kerak deydiganlar ham xalq dushmanlaridir. Ularga quloq solish kerak emas. Bu kishilarning ortida nima turganini hammamiz bilamiz”, - deya ta'kidladi Atambayev.
“Agar mamlakating uchun qayg‘ursang, u uchun biror foydali ish qil. Masalan, daraxt ek yoki o‘z uying tomini yop. Men muammo yechimini hamisha ko‘zgudan qidirish kerakligini aytib kelganman. Yechim qidiryapsanmi – o‘zingga qara, o‘zgarishni o‘zingdan boshla”, - deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Mavzuga oid
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
18:09 / 05.11.2024
Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
17:12 / 05.11.2024