Shota Rustaveli va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda
Toshkent shahrining Shota Rustaveli va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida may oyida qurilishi boshlangan avtomobil yo‘l o‘tkazgichi mamlakatda shu kabi sun'iy inshootlar ichida birinchisi bo‘ladi.
«O‘zavtoyo‘l» aksiyadorlik kompaniyasining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 150 daraja radiusli yoysimon shaklga ega noyob obekt har bir ko‘cha markazidagi tayanch konstruksiyalar bo‘ylab joylashgan.
Muqimiy va Bobur ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichning uzunligi 1 kilometrga yaqin bo‘ladi.
Piyodalar uchun yer osti o‘tish yo‘li barpo etiladi, bu yo‘l o‘tkazgich ham xuddi o‘tgan yili Xadra maydonida qurilgan yo‘l o‘tkazgich kabi liftlar va eskalatorlar bilan ta'minlanadi.
Yana bir shunday obekt, transport bog‘lamasi Oqtepa maydonida temiryo‘lchilar ishtirokida barpo etilmoqda.
Bu yerda Bo‘rijar kanali orqali suv o‘tkazuvchi quvur qurilib, mazkur beton konstruksiya bo‘ylab avtomobil yo‘li o‘tadi, kanal ustidagi ko‘prik kengaytiriladi.
Qurilayotgan ikkita yer usti piyodalar yo‘lagi loyihasida lift va eskalatorlar bo‘lishi nazarda tutilgan.
Loyiha doirasida o‘tkazish qismlarini kengaytirish bilan bog‘liq ta'mir ishlari Nurafshon ko‘chasida ham olib borilmoqda. Bunyodkorlik ishlari muqaddam tramvay yo‘li yotqizilgan ko‘chalar — Oqtepa maydonidan Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab, so‘ngra Shota Rustaveli va Qushbegi ko‘chasidan Kichik halqa yo‘li bilan Shimoliy vokzal orqali Taraqqiyot ko‘chasiga qadar olib borilmoqda.
Toshkent shahrida yangi avtomobil yo‘li va barcha obektlarning qurilishi hamda rekonstruksiyasi mustaqillikning 25 yilligi arafasida yakunlanib, foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan.